Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari e’lon qilindi

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

- Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol.

Har biri uchun 2.1 balldan.

Maksimal ball – 31.5 ball.

Matematika - 15 ta savol.

Har biri uchun 2.1 balldan

Maksimal ball – 31.5 ball.

O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol.

Har biri uchun 2.1 balldan.

Maksimal ball – 31.5 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 3.1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 3.1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

Umumiy holda, 2020/2021 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 105 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 280.5 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda (https://t.me/rasmiydtm/368) tanishishingiz mumkin.

Fanlar majmuasi va baholash mezonlari

Manba: Davlat test markazi