O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning farmatsevtika sohasidagi nufuzli oliy ta’lim dargohi filiali tashkil qilinadi

O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning farmatsevtika sohasidagi nufuzli oliy ta’lim dargohi filiali tashkil qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish hamda aholini dori vositalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar tahlili va galdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Toshkent viloyatining Qibray tumanida Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim dargohi filiali tashkil qilish vazifasi qo‘yildi, deb xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati.

Bunda yaqin besh yilda mahalliy original dori vositalari sonini kamida 100 taga yetkazish, sanoat usulida ishlab chiqarish, shu maqsadda korxonalar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligida Qibray tumanida zamonaviy texnopark hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim dargohi filialini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.