Toshkentda Markaziy Osiyolik talabalar uchun mo‘ljallangan universitet tashkil etiladi

Toshkentda Markaziy Osiyolik talabalar uchun mo‘ljallangan universitet tashkil etiladi

Oliy va o‘rta maxsus vazirligi Shinxan universiteti (Koreya Respublikasi) bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Shinxan universiteti filiali ish boshlaydi. Birinchi bosqichda universitetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:

- Hamshiralik ishi;
- Xalqaro turizm menejmenti;
- Yangi to‘qimachilik materiallari texnologiyasi.

Toshkent shahridagi Shinxan universitetida dastlab o‘zbekistonlik yoshlar tahsil oladi. Keyinchalik universitetga qo‘shni davlatlar, xususan Markaziy Osiyolik yoshlarni ham qabul qilish choralari ko‘riladi.