O‘zbekistonda nechta OTM bor?

O‘zbekistonda nechta OTM bor?

Joriy yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida oliy harbiy bilim yurtlaridan tashqari 72 ta oliy ta’lim muassasasi va 19 ta filiallar mavjud bo‘lib, ularning tarkibida 4 ta akademiya, 7 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari, 27 ta universitetlar va 4 ta oliy diniy ta’lim muassasa hamda filiallari faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Kun.uz nashri Davlat statistika qo‘mitasiga asoslanib xabar berdi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2017/2018-o‘quv yili boshiga bakalavriat bosqichiga jami 80822 nafar, shu jumladan 18439 nafari davlat grantlari asosida, 62383 nafar yoshlar esa shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan.

2017/2018-o‘quv yili boshida qabul qilingan talabalarning 71838 nafari kunduzgi, 8984 nafari 20 ta oliy ta’lim muassasasi va 1 ta filialda tashkil etilgan sirtqi kurslarda ta’lim olayotgan bo‘lib, sirtqi kurslarga qabul qilinganlarning 77,8 foizini qizlar tashkil etadi. Ma’lumot uchun, 2016/2017 o‘quv yilida jami 110 nafar talaba sirtqi kurslarga qabul qilingan.