Abituriyentlar diqqatiga!

Abituriyentlar diqqatiga!

Testolog-Servis o‘quv markazida test sinovlariga tayyorlanish niyatida bo‘lgan abituriyentlarga shuni ma’lum qilamizki, 2019-2020-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish jarayoni 2019 yilning 26 avgust – dushanba kunidan boshlanadi.

Aynan shu kundan e’tiboran abituriyentlar o‘zlari istagan ta’lim yo‘nalishini tanlagan holda o‘qishni boshlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirishlari mumkin.

Avval xabar berilgani kabi, Testolog-Servis o‘quv markazi yetti fandan test imtihonlariga tayyorlaydi. Bular matematika, ona tili va adabiyoti, fizika, kimyo, biologiya, tarix va chet tillaridir.

Abituriyentlar o‘zbek va rus tilida tayyorlanuvchi guruhlarga yozilishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni 71 267 42 95 telefon raqami orqali olish mumkin.

www.testolog.uz

https://t.me/TestologServis