Malayziya Texnologiya universiteti Samarqanddagi Xalqaro turizm universiteti bilan qo‘shma fakultet ochadi

Malayziya Texnologiya universiteti Samarqanddagi Xalqaro turizm universiteti bilan qo‘shma fakultet ochadi

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov Texnologiya universiteti rektori Maxdum Azrai Qosim bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

UiTM 1956 yilda tashkil etilgan Malayziyadagi yirik davlat universiteti sanaladi. Dunyodagi mega-universtlar ro‘yxatida 6 o‘rinni egallagan (168 ming talaba o‘qiydi).

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘yidagicha kelishuvlarga erishildi:

Malayziya universiteti vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkillash, Samarqanddagi Xalqaro turizm universitetida turizm bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan qo‘shma fakultet ochish istiqbollari;

Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda malakasini oshirish uchun O‘zbekistondagi OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatish.