Test 2019 yangiliklari

Test 2019 yangiliklari

OTMlarga test sinovlari orqali qabul qilish tartibiga oid Prezident qarori imzolandi. Qarorda abituriyentlar uchun ko‘plab ijobiy yangiliklar aks etgan.

Jumladan, abituriyentga 3 ta yo‘nalishni tanlashda fanlar ketma-ketligi mos bo‘lmasa ham ruxsat etiladigan bo‘ldi.

Masalan, 1-blok tarix fani bo‘lgan yo‘nalishni tanlagan abituriyent, keyingi yo‘nalishlar sifatida 1-bloki chet tili yoki ona tili va adabiyot bo‘lgan yo‘nalishni ham tanlay olishi mumkin. Faqat asosiy sharti blokdagi uchta fan bir xil bo‘lishi kerak, ketma-ketligi boshqacha bo‘lsa ham mumkin.

Shuningdek, qabul jarayonlarida avvalgi yillarda o‘qishga kira olmagan abituriyentlardan olinadigan to‘lovlar ham kamaytirildi. Ya’ni to‘lov miqdori yarim “minimalka” (101 ming so‘m) etib belgilanibdi. Birinchi yili o‘qishga topshirayotganlar uchun hujjat topshirish bepul bo‘ladi.