MGIMO’ning Toshkent shahridagi filialida qanday mutaxassislar tayyorlanadi?

MGIMO’ning Toshkent shahridagi filialida qanday mutaxassislar tayyorlanadi?

Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar Institutining (MGIMO) Toshkent shahridagi filialida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

▪️ biznes-informatika (bakalavr);

▪️ ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish (magistr);

▪️ xalqaro xususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj (magistr);

▪️ xalqaro savdo va moliya huquqi (magistr);

▪️ xalqaro tashkilotlar uchun sinxron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikatsiya (magistr).

Abituriyent 2019 Telegram-kanalining ma’lumot berishicha, filialda o‘quv jarayoni bakalavriat dasturlari bo‘yicha to‘rt yillik va magistratura dasturlari bo‘yicha ikki yillik ta’limni ko‘zda tutgan bo‘lib, asosan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.