DTM 2019 yilgi test topshiriqlari bazasidagi yangiliklar haqida ma’lum qildi

DTM 2019 yilgi test topshiriqlari bazasidagi yangiliklar haqida ma’lum qildi

15 aprel kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi mutaxassislari 2019 – 2020 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida test varaqalariga kiritiladigan asosiy o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bu haqida Kun.uz internet-nashri xabar bermoqda.
 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda test topshiriqlari bazasini shakllantirishda quyidagi yangiliklardan biri – grafik, yozuvsiz xarita, rasmlar, masalan, geografik nuqtalar, diagramma, grafiklardagi ko‘rsatkichlar yoki rasmlar test savollari varaqasida aks etishidir.
 

Bundan tashqari, adabiyot fanidan ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga kiritilgan badiiy asarlardan ayrimlarini to‘liq o‘qish tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati quyidagi asarlardan iborat:

1. «O‘tkan kunlar», Abdulla Qodiriy (9-sinf dasturidan)
2. «Kecha va kunduz», Cho‘lpon (11-sinf dasturidan)
3. «Abulfayzxon», Fitrat (11-sinf dasturidan)
4. «Shum bola», G‘afur G‘ulom (6-sinf dasturidan)
5. «Mirzo Ulug‘bek», Maqsud Shayxzoda (8-sinf dasturidan)
6. «Yulduzlar mangu yonadi», Tog‘ay Murod (6-sinf dasturidan)
7. «Yulduzli tunlar», Pirimqul Qodirov (6-sinf dasturidan)
8. «Dunyoning ishlari», O‘tkir Hoshimov (5-sinf dasturidan)
9. «Ruhlar isyoni», Erkin Vohidov (11-sinf dasturidan)
10. «Sohibqiron», Abdulla Oripov (9-sinf dasturidan).

Shuningdek, test imtihonlarida o‘lchov birliklarining yangicha ifodalanishi qo‘llaniladi. O‘lchov birliklari esa quyidagi shaklda qo‘llaniladi:
1. Santi- old qo‘shimchasi - s – eski shakli, s – yangi shakli
2. Gektar – ga – eski shakli, ha – yangi shakli
3. Akr – ar – eski shakli, a – yangi shakli
4. Massaning atom birligi – m.a.b. – eski shakli, u – yangi shakli
5. Millimetr simob ustuni – mm. simob ustuni – eski shakli, mm Hg – yangi shakli
6. Soat – soat – eski shakli, h – yangi shakli
7. Sutka – kun – eski shakli, d – yangi shakli
8. Kilovatt-soat – kW-soat – eski shakli, kW-h – yangi shakli
9. Amper-soat – A-soat – eski shakli, A-h – yangi shakli.