Jizzaxda O‘zMU filiali tashkil etiladi

Jizzaxda O‘zMU filiali tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

(https://regulation.gov.uz/ru/document/2968)Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Loyihaga ko‘ra, Filialning asosiy vazifalari etib quyidagi va boshqa ehtiyoj yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash belgilangan: