Samarqandda yana bir yangi universitet ochiladi

Samarqandda yana bir yangi universitet ochiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, shuningdek iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.

Uning asosiy vazifalari etib hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlikda viloyatda ehtiyoj yuqori bo‘lgan quyidagi va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash belgilangan: