Oʻzbekistonda 72 ta yangi taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekistonda 72 ta yangi taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tez surʼatlarda rivojlanayotgan va malakali kadrlarga ehtiyoj mavjud sohalar hamda ular uchun zarur boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari aniqlandi.

Vazirlik xabariga koʻra, kelgusi yillarda quyidagi 8 ta soha uchun 72 ta yangi taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi:

1. Muhandislik ishi;

2. Ishlab chiqarish texnologiyalari;

3. Arxitektura va sanʼat;

4. Psixologiya, sotsiologiya va jurnalistika;

5. Sogʻliqni saqlash;

6. Iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish sohasi;

7. Baliq xoʻjaligi va atrof-muhit muhofazasi;

8. Pedagogika va gumanitar fanlar.