Bu yilgi testlar qanday bo'ladi: DTMning qisqa javoblari

Bu yilgi testlar qanday bo'ladi: DTMning qisqa javoblari

DTM matbuot anjumanidan blits javoblar:

1. 5ta fan bilan bog‘liq mashmasha bu o‘quv yilimas, keyingi o‘quv yilida bo‘ladi.

2. Abituriyent belni mahkam qiling. Loyihaga ko‘ra, nafaqat 202.730so‘m to‘laysiz, balki hududingizda turib Davlat xizmatlari agentligi yordamida hujjat topshirasiz. Ular bunga 10-20 ming so‘m talab qilishi mumkin.

3. EKIH bir marta to‘lanadi, 3 ta tanlaydigan OTMga hujjatlar parallel qabul qilinadi.

4. Abituriyentga ballari haqida sertifikat beriladi, bu 3 yilga o‘tadi, ya’ni 3 yil ichida EKIHni qayta to‘lash shart bo‘lmaydi.

5. Tarix fanidan atlas va kontur kartalar bo‘yicha savollar qo‘shilyapti. Bu abituriyentga yangilik, nega kech e’lon qilinyapti, degan savolga javob: darsliklarda bor. Tayyorlanganlar yaxshi bilishadi. Bu DTMning test dasturida avvaldan bo‘lgan, shu paytgacha texnik imkoniyatlar yetarli bo‘lmagani uchun, yaxshi chop etilmagani uchun bunday savollar kiritolmaganmiz. Endi, texnik masala hal etildi, darslikdan tashqari savol bo‘lmaydi.

6. CEFR imtihonini topishirish uchun bir necha oydan beri ro‘yxatdan o‘tisholmayapti?
VM qarori qabul qilinadi, ancha kech qolib ketdi. Oz qoldi.

Manba: @aqurbonova