O‘zbekistonda AQShning Vebster Universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda AQShning Vebster Universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vebster Universiteti o‘rtasida ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish va inshootlardan foydalanish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermosda. Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekistonda Amerika oliy ta'lim muassasasi (OTM)ning birinchi doimiy filiali ochilishini tasdiqlaydi.

 

​​Yangi ochilayotgan AQSh universiteti haqida ba'zi ma'lumotlar:

 

✅ Vebster universitetining filialida O‘zbekistonlik talabalar

 

️ Axborot texnologiyalari ;

 

️ Axborot xavfsizligi;

 

️ OAV rivojlanishi;

 

️ Biznes;

 

️ Tabiiy fanlar;

 

️ Pedagogika singari ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr va magistr darajasini olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘qish AQSh universiteti professorlari va mahalliy o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. Yangi OTM 2019-2020 o'quv yilidan ish boshlaydi.