2018 yilda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida maqsadli qabul kvotalari oshiriladi

2018 yilda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida maqsadli qabul kvotalari oshiriladi

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 2017 yilda sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan maqolada ma’lum. qildi. Hisobot vazirlik saytida chop etilgan.

Unda aytilishicha, mamlakat prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab birinchi marta maqsadli qabul yo‘lga qo‘yildi va 2017 yilda tibbbiyot oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul uchun 1 ming 180 o‘rin ajratildi.

2018 yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017 yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz ko‘paytirish, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.

2018 yil Investitsiya dasturi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi, mazkur institut Nukus filialining 120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli klinikalarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini davom ettirish uchun 31,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.