Testlarni pochta orqali olish mumkin

Testlarni pochta orqali olish mumkin

Test savollarini pochta orqali olib, bilim darajangizni sinab ko‘ring!
 

Poytaxtda 2007 yildan buyon abituriyentlarni test imtihonlariga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi Testolog-Servis o‘quv markazi “O‘zbekiston pochtasi” AJ va U-Pay to‘lov tizimi mutaxassislari bilan birgalikda test savollari to‘plamini abituriyentlarning qo‘liga yetkazib berish va ularning bilim darajasini aniqlash xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Endilikda O‘zbekistonning viloyatlarida istiqomat qiluvchi o‘quvchilar ham o‘z bilim darajalarini aniqlash uchun tajribali mutaxassislar tomonidan tuzilgan testlar to‘plamini pochta orqali burtma berib olishlari mumkin. Buning uchun mobil telefoningizda U-Pay to‘lov tizimining ilovasi bo‘lsa kifoya.

Qanday buyurtma berish kerak?

Avvalambor, U-Pay to‘lov tizimining mobil ilovasini telefoningizga yuklab, uni plastik kartangizga bog‘lashingiz zarur bo‘ladi. Shundan keyin ilovaning qo‘shimcha xizmatlar bo‘limidan Testolog-Servis o‘quv markazining sahifasini ochgan holda, o‘zingiz haqidagi ma’lumotlarni, ta’lim yo‘nalishingiz, zarur bo‘lgan testlar to‘plamini tanlagan holda o‘z yashash manzilingizni ko‘rsatib, belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirasiz. Buyurtma tizimga tushganidan keyingi kuni Testolog-Servis mutaxassislari ko‘rsatilgan testlar to‘plamini Sizning pochta manzilingizga yuborishadi. Siz buyurtmani “O‘zbekiston pochtasi” AJning tuman bo‘limidan kelib shaxsan olishingiz yoki “Tezkor pochta” xizmatidan foydalangan holda, buyurtmani o‘z uyingizda olishingiz mumkin.

Keyin nima qilish kerak?

Shundan so‘ng uch fan yo‘nalishidagi test savollari to‘plamiga javob berasiz va javob varaqasi sahifalarini Testolog-Servis o‘quv markazining Telegram manziliga yuborish lozim. Javoblar bir zumda qabul qilinib, natijalar Sizning Telegram raqamingizga qayta yuboriladi.

 

Testolog-Servis o‘quv markazining Telegram manzili: + 99890 945 61 45. Qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘quv markazining www.testolog.uz saytidan olish mumkin.

Xizmatlar litsenziyalangan!