Bolalarning tug‘ma qobiliyatlarini qanday aniqlash mumkin?

Bolalarning tug‘ma qobiliyatlarini qanday aniqlash mumkin?

Qadim-qadimdan xalqimizda bolalarni yoshligidan biron bir hunarga o‘rgatish, uni bir kasbga qiziqtirishga katta e’tibor berilgan. Bu sharqona tarbiyaning muhim uzviy qismi deb tushunilgan. Ota-bobolarimiz bolaning zuvalasi, o‘zini tutishi, jismoniy rivojlanishi, mijoz-xarakteridan kelib chiqib uni u yoki bu kasbga yo‘naltirishga harakat qilganlar. Sir emaski, dunyoda hammaning biron-bir ishga qobiliyati bor. Bir bola rasmni yaxshi chizsa, boshqa biri turli narsalar yasashga usta. Yana boshqa bir bolada sportga qiziqish kuchli! Shulardan kelib chiqib xulosa qilsak, o‘g‘il-qizlarimizdagi tug‘ma qobiliyatlarni qanchalik erta va to‘g‘ri aniqlasak, ularning kelajakda o‘z tabiatlariga mos o‘qish va kasbni tanlash qanchalik muhimligini tushunib yetamiz!
 

Xo‘sh, bugungi kunda bolaning tug‘ma qobiliyatlarini qanday aniqlash mumkin? Olimlar uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlari natijasida buning uchun maqbul uslub sifatida — insonning genetik xususiyatlarini aniqlash, degan xulosaga kelganlar. Odatda bunda bolaning (insonning) barmoq izlariga yashiringan noyob biometrik ma’lumotlarni aniqlash zarur bo‘ladi. Buning uchun esa, genetik-prixologik testlar deb atalgan testlar majmuidan o‘tish zarur bo‘ladi. Aynan shu yo‘l orqali bolalarning kasbiy hamda jismoniy layoqatlarini to‘g‘ri belgilash imkoniyati yuzaga keladi.
 

Genetik test (Genetic-test) uslubining ildizlari birqator Yevropa mamlakatlari universitetlari, xususan, Rossiyadagi M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti, N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot akademiyasi, P. F. Lesgaft nomidagi Davlat milliy jismoniy tarbiya va salomatlik universtiteti, Umumrossiya jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot institutining olimlari tomonidan ishlab chiqilib, yillar davomida ko‘p mamlakatlarda sinovdan o‘tgan ilmiy izlanishlaga borib taqaladi. Mazkur genetik testlarning asosini esa dermatoglifika, antropologiya, tibbiyot, psixofiziologiya, biologiya va pedagogikaga doir 70 dan ziyod ilmiy-tadqiqot ishlarining ilmiy natijalari tashkil etadi.
 

Xususan, dermatoglifika – bu qo‘l barmoqlari izlari asosida, insonning o‘ziga xos psixologik va jismoniy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan sohasidir. Insonning barmoq izlari uning ona qornidagi rivojlanish davrida shakllanadi. U inson umri davomida o‘zgarmaydi va boshqa birovda takrorlanmaydi. Umuman, inson terisi va barmoq izlarining shakllanishi uning asab tizimi bilan birgalikda bir kurtakdan rivojlanadi. Shuning uchun ham u insonning fiziologik va psixologik xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatuvchi mustahkam genetik asos bo‘la oladi. Bunda barmoq uchlaridagi chiziqlar o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. E’tiborli tomoni shundaki, inson terisi hatto kuyib qolgan taqdirda ham teri sog‘ayib, aynan eski chiziqlari holatida qayta tiklanadi. Shu sababli, insonning barmoqlaridagi chiziqlari kombinatsiyalaridan organizmning barcha tizimlari faoliyatining o‘ziga xosliklari haqida xulosa qilsa bo‘ladi.
 

Yuqoridagilardan kelib chiqsak, aynan yosh, 5-10yosh bolalarning genetik testdan o‘tishi juda foydalidir. Chunki bu bolaning qiziqishlari, genetik moyilliklari, jismoniy xususiyatlari, ijodkorligi, sportga qobiliyati bor-yo‘qligini aniqlash, va pirovardida, bu orqali uning o‘qish va kasb yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashiga imkon yaratadi. Shuningdek, genetik-psixologik testlar majmui har bir bolaning asab tizimi xususiyatlari, temperamentini (xolerik, sangvinik, flegmatik yoki melanxolik), fikrlash tarzi qandayligini to‘g‘ri aniqlashda yordam beradi. Shulardan kelib chiqqan holda, yaqinda Toshkentdagi yetakchi o‘quv markazlaridan biri bo‘lgan Testolog-Servis o‘quv markazi O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Rossiyadan genetik testlarni o‘tkazish qurilmalari va savol-javoblar majmuini olib keldi. Agarda sizda farzandlaringizning irsiy xususiyat va qobiliyatlarini bilish istagi paydo bo‘lsa, buning uchun Testolog-Servis o‘quv markaziga murojaat qilish kifoya. Markaz mutaxassislari, bolani genetik-psixologik testdan o‘tkazib, uning irsiy va xarakter xususiyatlarini aniqlab beradilar! Qo‘shimcha qilib o‘tiz zarurki, genetik testlar bola uchun mutlaqo zararsiz bo‘lib, bolaning ota-onasi huzurida savol-javob o‘yini shaklida o‘tkaziladi.

Manzil: Testolog-Servis o‘quv markazi, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi, 42 uydagi ma’muriy binoning 2-qavatida. Mo‘ljal – 71-maktab.
 

Eslatib o‘tamiz, genetik testdan o‘tish uchun telefon orqali oldindan yozilish zarur: 71 267 42 95.
Xizmatlar litsenziyalangan.

 

Facebook.com/testologuz/ Instagram.com/testologtashkent/