Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qiladi

Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qiladi

Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
 

Asosiy mezonlari:
• o‘quv jarayonida yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
• davlat tili, rus tili va kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi.

 

Hujjatlarni qabul qilish – 1-15 fevral 2019 yil, ko‘rib chiqish va tanlov – 16 fevral-1 mart.
2018/2019 o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1 fevraldan boshlab tayinlanadi.

Batasil: http://cbu.uz/uzc/press-tsentr/obyavleniya-i-tendery/2018/12/154682/