O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni 100ga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni 100ga yaqinlashmoqda

18 dekabr kuni Toshkent shahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklarga oid matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari sohaga taalluqli ma’lumotlar bilan bo‘lishdilar hamda savollarga javob berishdi, deb yozadi Kun.uz internet-nashri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’im muassaslari (OTM) soni 77tani, 2017/2018 o‘quv yilida 86tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ular soni 95taga yetgan.

2018/2019 o‘quv yilida 51ta OTMda sirtqi ta’lim, 22ta OTMda maxsus sirtqi ta’lim, 9ta OTMda kechki ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, 2018/2019 o‘quv yilida bakalavriat bo‘yicha 66ta, magistratura bo‘yicha 48ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Mamlakatimiz OTMda o‘qiyotgan jami talabalar soni 344 790 nafarga teng. Respublika oliy ta’lim muassalarida 25 418 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Oxirgi ikki yilda oliy ta’lim tizimga sarflangan mablag‘lar miqdori 83,7 foizga ortgan. 2018 yilda jami 784,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Bundan 351,3 mlrd so‘m ish haqiga, 269 mlrd so‘m stipendiyalarga, 86,3 mlrd so‘m ish haqidan ajratmaga, 78,1 mlrd so‘m boshqa xarajatlarga sarflangan.