Toshkentda Janibiy Koreyaning yana bir universiteti ochiladi

Toshkentda Janibiy Koreyaning yana bir universiteti ochiladi

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 noyabrdagi “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan ko’zda tutilgan.

Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilardir:

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollariga muvofiq qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlari va oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;

mutaxassislar, ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini taʼlim va fan uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlim hamda ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalash asosida rivojlantirish;

mehnat bozorida mavjud muammo va ehtiyojni hisobga olgan holda qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;

pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, oʻqitishning pedagogik uslublari va texnologiyalarini faol takomillashtirish;

taʼlim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlar, avvalo, Koreya Respublikasining yetakchi taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Universitetda 2019/2020 oʻquv yilida bakalavriatning “Arxitektura”, “Elektrotexnika” va “Qurilish injiniringi” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Adju universitetining (Koreya Respublikasi) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Iqtisodiyot va biznes oliy maktabini ochish belgilandi.