Oliy taʼlim muassasalarida qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha qabul kvotalari ikki barobar oshiriladi

Oliy taʼlim muassasalarida qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha qabul kvotalari ikki barobar oshiriladi

2018 yil 20 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab quyidagi ixtisoclik yoʻnalishlarida oliy taʼlim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida ikki barobar oshirish koʻzda tutilgan:

- “Issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish va yuritish”;

- “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”;

- “Oʻsimliklarni himoya qilish”.

Shuningdek, mazkur Qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bu borada tegishli takliflarni kiritishi belgilangan.