Endi Testolog-Servisda genetik testdan o‘tish mumkin

Endi Testolog-Servisda genetik testdan o‘tish mumkin

Sir emaski, dunyoda har bir kishining o‘ziga xos xususiyat va qobiliyatlari bor, hech kim bir biriga o‘xshamaydi. Shundan kelib chiqsak, o‘zining imkoniyatlari u yoki bu narsaga moyilliklarini bilish insonga to‘g‘ri kasb tanlashda katta yordam berishi mumkin. Buni qanday aniqlash mumkin? Olimlar buning uchun eng to‘g‘ri yo‘l sifatida insonning genlari tomonidan belgilanuvchi qobiliyatlarni aniqlash uslubini ko‘rsatganlar. Bunda odatda barmoq izlariga yashiringan noyob biometrik ma’lumotlarni aniqlash uslubidan foydalaniladi. Odatda buning uchun genetik test deb atalgan testlardan o‘tish zarur bo‘ladi, u orqali esa kishining kasbiy hamda jismoniy layoqatlari (proforiyentatsiya) aniqlanadi.

Olimlarning uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida Yevropa mamlakatlari va Rossiyada Genetic-test testlar kompleksi shakllangan. Bu testlar tizimi M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti, N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Sankt-peterburg davlat pediatriya tibbiyot akademiyasi, P. F. Lesgaft nomidagi Davlat milliy jismoniy tarbiya va salomatlik universtiteti, Umumrossiya jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot institutining olimlari tomonidan ishlab chiqilib, yillar davomida ko‘p mamlakatlarda sinovdan o‘tgan.

Mazkur genetik testning asosini dermatoglifika, antropologiya, meditsina, psixofiziologiya, biologiya va pedagogikaga doir 70 dan ziyod ilmiy-tadqiqot ishlarining ilmiy natijalari tashkil etadi. Dermatoglifika – bu qo‘l barmoqlari izlari asosida, insonning o‘ziga xos psixologik va jismoniy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan sohasidir. Insonning barmoq izlari uning ona qornidagi rivojlanish davrida shakllanadi. U inson umri davomida o‘zgarmaydi va boshqa birovda takrorlanmaydi. Umuman inson terisi va jumladan, barmoq izlarining shakllanishi uning asab tizimi bilan birgalikda bir kurtakdan rivojlanadi. Shuning uchun u insonning fiziologik va psixologik belgilarining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatuvchi mustahkam genetik asos bo‘la oladi. Ayni paytda barmoq uchlaridagi chiziqlar o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. E’tiborli tomoni shundaki, inson terisi kimyoviy va termik kuyish natijasidan keyin ham yosh terida aynan o‘sha chiziqlar qayta tiklanadi. Insonning barmoqlaridagi chiziqlari kombinatsiyalaridan organizmning barcha tizimlari faoliyatining o‘ziga xosligi haqida xulosa qilsa bo‘ladi.

Xo‘sh, genetik testlardan kimlar va nimalarda foydalanish mumkin? Eng avvalo, bolalarning genetik testdan o‘tishi juda foydalidir. Chunki bu bolaning qiziqishlari, genetik moyilliklari, ijodkorligi, sportga qobiliyatini belgilash, yuqori sinf o‘quvchilari va abituriyentlarning ta’lim yo‘nalishlarini aniqlash, ish qidiruvchilarning o‘z imkoniyatlarini aniqlashi va ish beruvchilarning sifatli xodimlarni tanlashi kabilarda katta qo‘l keladi.

Genetik test natijalaridan ta’lim sohasida o‘z imkoniyat va ehtiyojlarini, qaysi kasbiy va fan yo‘nalishlariga mos kelishi aniqlashda foydalaniladi. Shuningdek, testdan professional yo‘nalishlardagi imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashda ham unumli foydalanish mumkin.
Ma’lumki, har bir inson o‘z yondashuvi, qobiliyati va imkoniyatlari bo‘yicha o‘zini namoyon qiladi. Kimdir sportga, kimdir, ijod qilishga qiziqadi, yana kimdadir ixtirochilik qobiliyati yuqori. Genetik testlar ana shu moyilliklarni to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi.

Shuningdek, genetik test ma’lum bir insonning asab tizimi xususiyatlari, temperamentini (xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik), faoliyat yuritish va fikrlash uslubini ham ko‘rsatib beradi.

Shulardan kelib chiqqan holda, yaqinda Testolog-Servis o‘quv markaziga ham genetik testlarni amalga oshirish imkonini beruvchi qurilmalar majmui olib kelindi. Agarda sizda o‘zingiz yoki farzandlaringizning irsiy xususiyat va qobiliyatlarini aniqlash istagi paydo bo‘lsa, Testolog-Servisga murojaat qilishingiz mumkin!

Eslatib o‘tamiz, genetik testdan o‘tish uchun telefon orqali oldindan yozilish zarur: 71 267 42 95.