Dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxati e’lon qilindi

Taniqli QS kompaniyasi o‘zining har yili chop etiladigan QS World University Rankings 2017/2018 reytingini e’lon qildi. 959 universitetlarni o‘z ichiga olgan reytingda Massachusets Texnologiya Instituti, Kembridj Universiteti va Xarvard universitetlari yetakchi o‘rinlarni egalladi. Har uch universitet ham AQShda joylashgan.

QS reytingida o‘quv muassasalari olti me’yor asosida aniqlangan. Bular ilmiy ta’lim muassasasining tadqiqotlar sohasidagi nufuzi, professor-o‘qituvchilar tarkibining talabalar soniga nisbati, oliy ta’lim muasasasining ish beruvchilar o‘rtasidagi obro‘’si, ilmiy maqolalardan iqtiboslar keltirilish indeksi va xorijiy o‘qituvchlarning ulushi kabi me’yorlardir.

Reytingning to‘liq versiyasini QS saytida ko‘rish mumkin..