Dunyoning eng nufuzli biznes-maktablari reytingi e’lon qilindi

Dunyoning eng nufuzli biznes-maktablari reytingi e’lon qilindi

Taniqli The Economist jurnali 2017 yil uchun jahonning eng nufuzli ishbilarmonlik maktablari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dunyodagi eng obro‘li biznes-maktab maqomi Northwestern Universitetining Kellog Menejementlik maktabiga nasib qildi. Bu yerda bir yil ta’lim olishni istagan talaba 132,924 AQSh dollari miqdorida haq to‘lashidan tashqari, bilim va iqtidor egasi bo‘lishi zarur.

The Economist ekspertlarining yozishlaricha, Kellog menejementlik maktabini tamomlagan bitiruvchilarning 97 foizi bu yerda olgan diplomi bilan serdaromad ishga joylasha olgan. Ta’kidlash joizki, ushbu OTM bitiruvchilari oyiga o‘rtacha 123,998 AQSh dollari miqdorida maosh oladi. Qizig‘i, universitatga qabul qilingan talabalar o‘qishga qadar o‘rtacha besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lishgan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasini Chikagoning Booth ta’lim muassasasi, uchinchi o‘rinda Harvard biznes maktabi egalladi. To‘rtinchi pog‘onani Pensilvaniya shtatidagi Wharton biznes maktabi oldi. Kuchli beshlikka, shuningdek, AQShning Stenford universiteti ham kirdi. Aynan shu OTM bitiruvchilari eng katta oylik maosh (oyiga o‘rtacha - 140,553 AQSh dollari) olmshiga ham e’tibor qaratilgan. Ta’kidlash joizki, reytingdagi dunyoning eng kuchli yettita ishbilarmonlik maktablarining barchasi AQShda joylashgan.

Reyting bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.