Stomatologiya institutida yangi xalqaro fakultet ochiladi

Stomatologiya institutida yangi xalqaro fakultet ochiladi

Joriy o‘quv yilida Toshkent davlat stomatologiya institutida Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya universitetining “Stomatologiya” va Italiyaning Turin politexnika universitetining “Biotibbiyot muhandisligi” ta’lim yo‘nalishlari ochildi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Janubiy Koreyaning Indje universiteti Ilsan gospitali bilan “Travmatologiya va ortopediya” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma dastur asosida Toshkent pediatriya tibbiyot institutida  magistrlarni tayyorlash haqida kelishuv imzolangan. Shuningdek,  ushbu institutda “Pediatriya ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dastur asosida halqaro fakultetda talabalarni tayyorlash yuzasidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan ham kelishuv imzolangan. Besh yuzdan ziyod yosh mutaxassislar chet elda malaka oshirgan, 400ga yaqin xorijlik mutaxassis O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida mahorat darslarini o‘tgan.

Testolog-Servis o’quv markazi abituriyentlarni tibbiyyot institutiga kirish uchun ham tayyorlaydi. Telefon: 71 267 42 95.