Oʻzbekistonda fransuz universitetlarining filiallari ochiladi

Oʻzbekistonda fransuz universitetlarining filiallari ochiladi

Bunga doir kelishuvga 8-9 oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi doirasida imzolandi.

Xususan, davlat rahbari matbuot xizmatining xabariga koʻra, iqtisodiyot, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, turizm kabi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida Oʻzbekistonda Strasburg universiteti va Panteon Sorbonna universiteti Parij akademiyasi filiallarini ochish borasida kelishuvlarga erishilgan.

Bundan tashqari, yaqinda Toshkentda Fransuz tili va madaniyati markazi ham tashkil etiladi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistoda 300 ming nafar maktab oʻquvchilari va talabalar fransuz tilini oʻrganmoqda.