Oʻzbekistonda Hindistonning nufuzli universitetining filiali ochilishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda Hindistonning nufuzli universitetining filiali ochilishi kutilmoqda

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi arafasida Amity universiteti bilan muzokaralar olib borilgan va Toshkentda universitet filialining ochilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan. Bu haqda AKTR vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Amity universiteti Hindistondagi yetakchi xususiy notijorat oliy taʼlim muassasasidir. Oʻquv yurtining asosiy binosi Noida shahrida joylashgan boʻlib, 11 ta shaharda (Mumbay, Jaypur, Kolkata va boshqalar) kampuslari, shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika va boshqa joylarda filiallari joylashgan.

Ma'lumotlarga koʻra, Amity universiteti dunyoning eng nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib, Osiyodagi eng yaxshi 300 ta universitetdan biri hisoblanadi. Universitetda 150 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.