Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi

Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yil 17-sentabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq, respublika oliy ta’lim muassasalariga 2018/2019-o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2018-yilning 30-sentabriga qadar uzaytirildi“, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, oldin bu muddat 15-sentabrgacha etib belgilangan edi.