Oʻzbekistonda OTMga kirish tizimi takomillashtiriladi – bosh vazir oʻrinbosari

Oʻzbekistonda OTMga kirish tizimi takomillashtiriladi – bosh vazir oʻrinbosari

Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Gazeta.uz nashriga bergan intervyusida hukumat oliy taʼlim sohasida amalga oshirishni rejalashtirayotgan yangiliklar haqida gapirib oʻtdi.

Hukumat vakilining aytishicha, keyingi yillarda test tizimini takomillashtirish ishlari davom ettiriladi. “Birinchidan, biz abituriyentlarga hujjatlarini bir necha oliy taʼlim muassasalariga topshirishga ruxsat berish niyatidamiz. Ikkinchidan, u imtihonni istagan paytida topshirish imkoniiga ega boʻlishi kerak”, - deb taʼkidladi Aziz Abduhakimov .

“Biz IELTS yoki GMAT tizimiga oʻxshagan tizimni yaratishni rejalashtirayapmiz. Ushbu tizimni bir necha OTMda tajriba tariqasida jriy qilishni koʻzda tutayapmiz. Davlat test markazida maxsus imtihon komplekslari tashkil etiladi. Abituriyentlar ikki uch marta kelib imtihon topshirishlari mumkin boʻladi. Oldingiday ajiotajboʻlmaydi”, deydi bosh vazir oʻrinbosari.

Shuningdek, davlat kamtaʼminlangan, koʻp bolali oilalar, olis joylardan boʻlgan bolalar uchun grant taʼlimini taʼminlashi zarur. Bundan tashqari, stipendiya toʻlash masalasi universitetlarning oʻz ixtiyoriga berilishi kerak.

Bundan tashqari, Aziz Abduhakimovning aytishicha, armiyada xizmat qilib kelganlar uchun berilayotgan imtiyozlar ham qayta koʻrib chiqilishi zarur.