O‘quv markazida O‘zbekiston konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘quv markazida O‘zbekiston konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 30 noyabr kuni “TESTOLOG-SERVIS” nodavlat ta’lim muassasasida 8 dekabr kuni nishonlanadigan qutlug‘ bayram – O‘zbekiston konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida markaz yurist-maslahatchisi Foziljon Fariqov bu yerda test sinovlariga tayyorlanayotgan ko'plab abituriyentlarga O‘zbekiston konstitutsiyasi, uning mamlakat rivojidagi o‘rni va ahamiyati haqida qisqacha ma’ruza o‘qib berdi. 

Tadbir doirasida talaba yoshlarga O‘zbekiston konstitutsiyasi, uning ishlab chiqilish tarixi, qabul qilinishi to‘g‘risida qiziqarli faktlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, O‘zbekiston konstitutsiyasining 128 moddadan tashkil topgani ta’kidlab o‘tildi. Baxtimiz qomusi qabul qilinganidan beri o‘tgan 25 yil davomida unga atiga 7 marta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganni qayd etildi. Jumladan, bulardan 2tasi qo‘shimcha va 5tasi o‘zgartishlardir. 

Shuningdek, abituriyentlar boshqa davlatlar konstitutsiyalari haqida ham qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.