Test sinovlari oliy ta’lim muassasasi ishtirokisiz o‘tkaziladi

Test sinovlari oliy ta’lim muassasasi ishtirokisiz o‘tkaziladi

Bu yilgi test sinovlari oliy ta’lim muassasasi ishtirokisiz o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro press-klubda kecha, 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan «Qabul-2018: Shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondashuvlar» mavzuidagi sessiyada O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ma’lum qildi.

«Bu yilgi test sinovlari oliy ta’lim muassasasidan olib chiqib ketildi. Test sinovlari oliy ta’lim muassasasi ichida bo‘lmaydi. Oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati va pedagoglar jamoasi test sinovlarida ishtirok etmaydi. Katta pavilonlarda, katta yopiq maydonlarda test olish sharoitlari yaratilgan», dedi vazir.

Eslatib o‘tamizki, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustga qadar o‘tkaziladi.